Huawei 1
Shavkat Mirziyoyev “Islom – tinchlik va ezgulik dini” mavzusidagi xalqaro konferensiya ishtirokchilariga tabrik yo'lladi

Poytaxtda “Islom – tinchlik va ezgulik dini” mavzusida nufuzli xalqaro konferensiya o‘tkazilmoqda.

Mazkur konferensiya ishtirokchilariga Prezident Shavkat Mirziyoyev tabrik yo‘lladi.  Uni Prezident maslahatchisi Xayriddin Sultonov o‘qib eshittirdi.  

Tabrikda taʼkidlanganidek, yangi O‘zbekistonda buyuk ajdodlarimiz merosini mukammal o‘rganishga katta eʼtibor qaratilmoqda. Bir qator maʼrifiy markazlarning tashkil etilgani allomalarning asarlarini o‘rganish va targ‘ib etish imkonini bermoqda. Tinchlik va osoyishtalikni mustahkamlash dolzarb masala bo‘lib turibdi. Konferensiya ishi ham islom dinining olijanob va ezgu g‘oyalarini ochib berishga qaratilgani bilan ahamiyatlidir.  

Ushbu nufuzli anjuman ishida Saudiya Arabistoni, Misr, Turkiya, Iordaniya, O‘mon, Rossiya, AQSH, Fransiya, Ozarbayjon, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Turkmaniston, Hindiston va Pokiston kabi 22 mamlakatdan 70 dan ortiq nufuzli xalqaro tashkilotlar rahbarlari, din arboblari, muftiylar va taniqli ulamolar ishtirok etmoqda.  

Konferensiyadan ko‘zlangan asosiy maqsad shiddatli globallashuv sharoitida islom dini qadriyatlari, uning tinchlikparvarlik mohiyatini keng targ‘ib qilish, yoshlarni diniy bag‘rikenglik va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash, ularda islom diniga yot radikal qarashlarga qarshi murosasizlik tuyg‘usini shakllantirish va bunda O‘zbekiston tajribasini, diniylik va dunyoviylik muvozanatini saqlash yo‘lidagi saʼy-harakatlarini xalqaro jamoatchilikka yetkazishdan iboratdir.  

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 101514 | Инструменты