Prezidentning farmoni bilan Tojikiston Respublikasi Oliy Majlisi Milliy Majlisi Raisi, Dushanbe shahri meri Rustami Emomali O‘zbekistonning “Fidokorona xizmatlari uchun” ordeni bilan taqdirlandi.
O‘zbekiston Respublikasi va Tojikiston Respublikasi o‘rtasidagi azaliy do‘stlik va yaxshi qo‘shnichilik munosabatlarini yangi bosqichga olib chiqish, strategik sheriklik va ittifoqchilik aloqalarini rivojlantirish borasidagi katta xizmatlari, parlamentlararo muloqotni kengaytirish, mamlakatlarimiz hududlarining ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy-gumanitar hamkorligini kuchaytirish, mushtarak tarixiy meros, ma’naviy qadriyat va an’analarni asrab-avaylash va boyitish yo‘lidagi samarali faoliyati, xalqlarimiz orasidagi birodarlik rishtalarini mustahkamlashga qo‘shayotgan munosib hissasi uchun Tojikiston Respublikasi Oliy Majlisi Milliy Majlisi Raisi, Dushanbe shahri raisi Rustami Emomali O‘zbekiston Respublikasining “Fidokorona xizmatlari uchun” ordeni bilan mukofotlansin.
Alpha version: 0.9.1.19 build 110422 | Инструменты