Huawei 1
Shavkat Mirziyoyev: Mana, biz maqsad sari chin dildan intilsak, qanday buyuk marralarni egallashga qodirmiz

Ko‘ksaroy qarorgohida Prezident Shavkat Mirziyoyev Parijdagi Paralimpiya o‘yinlarida yurtimiz sharafini himoya qilgan sportchilar, ularning ota-onalari va murabbiylari bilan uchrashuv o‘tkazdi

Taekvondo bo‘yicha terma jamoamiz birinchi marta Paralimpiya o‘yinlarida 3 ta medalni qo‘lga kiritdi va umumjamoa hisobida 3-o‘rinni egalladi.

Yengil atletika bo‘yicha vakillarimiz esa birinchi marta 8 ta oltin medalni, yaʼni eng yuqori sovrinlarning 80 foizini egallaganlari alohida diqqatga sazovordir.

“Bir so‘z bilan aytganda, sizlar O‘zbekiston Paralimpiya harakatining oltin avlodi sifatida maydonga chiqib, mamlakatimizga mislsiz ulkan yutuqlar olib keldingiz. Mana, biz maqsad sari chin dildan intilsak, qanday buyuk marralarni egallashga qodirmiz! Mana, biz birlashib, hamjihat bo‘lib harakat qilsak, qanday buyuk xalq, qanday buyuk Vatanmiz!”, - dedi Prezident.

Davlatimiz rahbari bu gal ozgina omad yetishmagan bo‘lsa-da, Vatanimiz sharafini bor kuch-g‘ayrati bilan himoya qilgan, qizg‘in bellashuvlarda katta tajriba orttirgan sportchilarimiz – para dzyudochilar Turg‘un Abdiyev, Uljon Amriyeva, Shohruh Mamedov, Feruza Ergasheva va para kanoechi Shahzoda Mamadaliyevani ham samimiy tabriklab, kelgusi musobaqalarda ularning barchasiga zafar yor bo‘lishini tiladi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 91808 | Инструменты