Huawei 1
“Hizbulloh” harakati o‘z yetakchisi o‘ldirilganini tasdiqladi

“Hizbulloh” guruhi o‘zining rahbari Hasan Nasrulloh o‘ldirilgani haqidagi Isroil da’volarini tasdiqladi. Ma’lum qilinishicha, Nasrulloh 27 sentabr kuni Isroilning Bayrutga yo‘llagan zarbalari oqibatida halok bo‘lgan.

“Sionistlarning janubiy hududlarga bosqinidan so‘ng [...] vatandoshlarga hamdardlik va ta’ziya izhor etamiz. “Hizbulloh” rahbariyati [...] dushmanga qarshi kurashish, G‘azo va Falastinni qo‘llab-quvvatlash, Livan va uning sobit va hurmatli xalqini himoya qilishda janglarni davom ettirishga va’da beradi”, – deya guruhning bayonotini keltirmoqda Al-Jazeera.

Isroil armiyasi juma kuni kechqurundan buyon “Hizbulloh”ning 140 dan ortiq nishonlariga zarba bergan. Jumladan, “Bayrut hududidagi turar-joy binolari ostidagi” infratuzilma obektlariga ham zarba berilgan.

Bayrutga hujumlarning so‘nggi to‘lqini Livan poytaxtining zich joylashgan janubiy chekkasidagi ko‘plab turar-joy binolarini vayron qilgan. Natijada minglab odamlar uylarini tashlab ko‘chalarga chiqishga majbur bo‘lmoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 92823 | Инструменты