Huawei 1
23-oktabr kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan muhim voqealar dayjesti

Olimjon Abdullayev Tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari etib tayinlandi

Hozirgi lavozimga tayinlangunga qadar u O'zbekistonning Frankfurt-Mayn shahridagi (Germaniya) bosh konsuli lavozimida ishlagan.

Fuqarolar uchun milliy valyutadagi kreditlar bo‘yicha stavka biroz pasayib, 23,8 foizni tashkil etgan

Markaziy bankning maʼlum qilishicha, joriy yilning sentyabr oyida jismoniy shaxslar uchun milliy valyutadagi depozitlar bo‘yicha o‘rtacha tortilgan stavka 22 foiz darajasida saqlanib qolgan.

O‘zbekistonda aholini ro‘yxatga olishni 2026-yilda o‘tkazish rejalashtirilmoqda

Buning uchun aholini ro‘yxatga olishga ko‘maklashish maqsadida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari huzurida Respublika komissiyasi hamda hududiy komissiyalar tashkil etiladi.

IIV voyaga yetgan kvadroberlarni 15 sutkagacha qamoqqa olish bilan ogohlantirdi

Ichki ishlar vazirligi 18 yoshdan oshgan shaxslar tomonidan sodir etilgan bunday harakatlar mayda bezorilik sifatida kvalifikatsiya qilinishini maʼlum qildi.

Senat yalpi majlisida “Telekommunikatsiyalar to‘g‘risida”gi qonun ko‘rib chiqildi

Qonunning qabul qilinishi tadbirkorlik subyektlariga yengillik berish bilan birga hukumatning iqtisodiyot va jamiyatni raqamlashtirish bo‘yicha strategik dasturining muhim qismi bo‘lgan telekommunikatsiya sektorining barqaror rivojlanishi uchun mustahkam poydevor yaratadi.

Alisher Gʻaniyev — jahon chempioni bo'ldi

Tiranada oʻtayotgan sport kurashlari boʻyicha U23 yosh toifasidagi jahon chempionatidan xushxabar. -60 kg vazn toifasida ishtirok etgan Oʻzbekiston terma jamoasi a’zosi Alisher Gʻaniyev oltin medalni qoʻlga kiritdi.

Qozog‘iston va O‘zbekiston chegarasida erkin savdo zonasini tashkil etish taklifi bildirildi

Qozog‘istonning Mang‘istau viloyati hokimi Nurdaulet Qilibay O‘zbekiston hududlari bilan savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirishni taklif qildi.

Ombudsman to‘g‘risidagi qonun yangi tahrirda qabul qilindi

Qonun bilan Ombudsmanning qonunchilik takliflarini qonunchilik tashabbusi tartibida Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga kiritish huquqi joriy etilmoqda.

Xitoy kompaniyasi Fargʻonada qiymati 30 mln dollarlik qishloq xoʻjaligi texnikalari ishlab chiqarish loyihasini amalga oshiradi

Birinchi bosqichda 200 kishi, to‘liq ishga tushirilgach, 2 000 kishi ishlashi to‘g‘risida xitoylik investorlar axborot berishdi.

Endi yuqori barqarorlik reytingiga ega tadbirkorlarda tekshiruvlar o‘tkazilmaydi

Mazkur Qonun soliqlarni o‘z vaqtida to‘layotgan va qonunchilik talablariga muvofiq faoliyatni amalga oshirayotgan tadbirkorlik subyektlariga yana-da qulay shart-sharoitlar yaratishga hamda ularni rag‘batlantirishga xizmat qiladi.

Senatorlar tomonidan maʼqullangan qonunga ko‘ra Soliq hamda Bojxona kodekslariga qator o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilmoqda

Harbiy xizmatni nazarda tutuvchi boshqa idoralar harbiy yuklar bojxona rasmiylashtiruvida bojxona yig‘imini to‘lashdan ozod qilinmoqda.

Yoqilg‘i-energetika resurslari iste’molchilarining energiya auditini o‘tkazish tartibi tasdiqlandi

Vazirlar Mahkamasining qarori bilan yoqilgʻi-energetika resurslari iste’molchilari hamda bino va inshootlarning energiya iste’molini energiya auditidan oʻtkazish tartibi tasdiqlandi.

O‘zbekneftgaz AI-92 benzinini birjaga chiqarishni boshladi

Buxoro neftni qayta ishlash zavodida AI-92 benzini narxini bosqichma-bosqich pasaytirish ishlari olib borilmoqda.

Senat yangi tahrirdagi “Davlat sirlari to‘g‘risida”gi qonunni maʼqulladi

Qonun bilan davlat sirlari sohasida yagona davlat siyosati O‘zbekiston prezidenti tomonidan belgilanishi, davlat sirlaridan foydalanish davlat tomonidan tartibga solinishi, bunda Vazirlar Mahkamasi, DXX hamda davlat sirlaridan foydalanuvchi tashkilotlarning sohadagi vakolatlari aniq belgilab qo‘yilmoqda.

Joriy yilning 9 oyi mobaynida muomalaga qo‘shimcha 8 trln so‘m naqd pullar chiqarildi

Yanvar-sentyabr oylarida bank kartalariga kirim qilingan mablag‘lar miqdori 740 trln so‘mni tashkil qilib, 2023-yilning mos davriga nisbatan 1,3 barobarga oshgan.

O‘zbekiston va Saudiya Arabistoni havo qatnovi to‘g‘risidagi yangi hukumatlararo bitimni imzoladi

“O‘zaviatsiya” agentligi direktori Toxir Nazarov O‘zbekiston Respublikasi va Saudiya Arabistoni Podshohligi o‘rtasida havo qatnovi to‘g‘risidagi yangi hukumatlararo bitimni imzoladi.

Yerdan foydalanish haqidagi qonunchilik talablarini buzganlik uchun javobgarlik kuchaytirilmoqda

Shuningdek, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari fuqarolik va iqtisodiy sudlarga yer to‘g‘risidagi qonun buzilishi bilan bog‘liq daʼvo ariza kiritishda davlat bojidan ozod etilishi belgilanmoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 102321 | Инструменты