Huawei 1
Shavkat Mirziyoyev: Xorazm elida kuch va imkoniyat ham, xohish va iroda ham yetarli

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida Xorazm viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor vazifalariga bag‘ishlangan yig‘ilish bo'lib o'tdi. 

"Bugun sizlar bilan Xorazmni yana-da rivojlantirib, uning qadimiy shuhratini tiklash bo‘yicha katta-katta reja va maqsadlarni belgilab oldik.

Bu marralarga erishish uchun mard, olijanob va mehnatkash Xorazm elida kuch va imkoniyat ham, xohish va iroda ham yetarli.

Haqiqatdan ham shiddatli o‘zgarishlar davrida qanchalik qiyin bo‘lmasin, tanlagan yo‘limiz, maqsadlarimizdan hech qachon ortga qaytmaymiz.

Buyuk tarixga, sivilizatsiyaga, madaniyatga ega bo‘lgan Xorazm viloyatini har tomonlama ravnaq toptirish, uning shon-shuhratini dunyoga tarannum etish uchun biz bitta emas, o‘nlab yo‘llarni izlayapmiz.

Ishonchim komil, sizlarning fidokorona mehnatingiz bilan bu vazifalarni albatta muvaffaqiyatli ado etamiz", - dedi prezidentimiz yig‘ilish yakunida.

Yig‘ilishda viloyat va respublika mutasaddilarining hisobotlari, tadbirkor va fermerlarning takliflari tinglandi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 50305 | Инструменты