Sirdaryo viloyati hokimi Akmal Maxmudaliyev Oliy Majlis Senati a’zoligiga saylandi
Bugun Oliy Majlis Senatida Sirdaryo viloyatidan bo‘shab qolgan o‘rin uchun saylov bo‘lib o‘tdi.
Sirdaryo viloyati, Guliston shahridagi viloyat hokimligi binosida xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlarining qo‘shma yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda Markaziy saylov komissiyasi Raisi Z.Nizamxodjayev ishtirok etdi.
Saylov yashirin ovoz berish yo‘li bilan amalga oshirildi. Saylov natijalariga ko‘ra Sirdaryo viloyati hokimi Akmal Maxmudaliyev Oliy Majlis Senati a’zoligiga saylandi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 20613 | Инструменты