Huawei 1
Qoraqalpog‘istondagi bog‘chada tarbiyachilar bolalarni kaltakladi

Joriy yil 5-fevral kuni ijtimoiy tarmoqlar orqali Nukus shahrida joylashgan xususiy maktabgacha taʼlim tashkilotida tarbiyachini bolalarga qo‘pol munosabatda bo‘lganligi va boshqa salbiy holatlar aks ettirilgan videolar tarqaldi.

Holat yuzasidan Qoraqalpog'iston prokuraturasi rasmiy munosabat bildirdi

Aniqlanishicha, videolavhada aks etgan holat 2024-yil noyabr oyida Nukus shahrida joylashgan xususiy maktabgacha taʼlim tashkiloti tarbiyachisi R. Sh. va yordamchi tarbiyachi D. S.lar tomonidan sodir etilgan.

Mazkur holat yuzasidan Nukus shahar prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Natijasiga ko‘ra, qonuniy qaror qabul qilinishi Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokuraturasi tomonidan nazoratga olingan.

Eslatib o'tamiz, bundan oldin Buxorodagi bog'chada tarbiyalanuvchi bolaga jarohat yetkazilgani haqida xabar bergan edik

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 20614 | Инструменты