Sudyalar oliy kengashining ochiq tanlov shaklidagi navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Unda kun tartibidagi barcha masalalar, ayniqsa, vakolat muddati yakuniga yetgan ayrim sudyalarni ushbu lavozimda bo‘lishining navbatdagi muddatiga, shuningdek, muqobillik asosida ayrim sudyalarni vakolati muddati davriga qayta tayinlashga doir masalalar qizg‘in va keskin muhokama qilindi.
Sudyalar oliy kengashi qarori bilan:
Jo‘rayev Dilmurod Muxtorovich – sudyalik vakolati muddati davriga Surxondaryo viloyati maʼmuriy sudining sudyasi lavozimiga qayta tayinlandi va va shu munosabat bilan Surxondaryo viloyati Termiz tumanlararo maʼmuriy sudining sudyasi lavozimidan ozod qilindi;
Bekpo‘latov Tohir Salimovich – sudyalik vakolati muddati davrining besh yil muddatiga Surxondaryo viloyati jinoyat ishlari bo‘yicha Jarqo‘rg‘on tumani sudining raisi lavozimiga qayta tayinlandi va shu munosabat bilan Surxondaryo viloyati sudining jinoyat ishlari bo‘yicha sudyasi lavozimidan ozod qilindi;
Qayumov Muhammad Vohidovich – sudyalik vakolati muddati davriga Toshkent viloyati jinoyat ishlari bo‘yicha Olmaliq shahar sudining sudyasi lavozimiga qayta tayinlandi va shu munosabat bilan Toshkent shahri jinoyat ishlari bo‘yicha Mirzo Ulug‘bek tuman sudining sudyasi lavozimidan ozod qilindi.
Bundan tashqari:
Isarov Kahramon Irisaliyevich – sudyalik vakolati muddati davrining besh yil muddatiga Toshkent viloyati jinoyat ishlari bo‘yicha Yangiyo‘l shahar sudining raisi lavozimiga;
Xurramov O‘ktam Xurramovich – sudyalik lavozimida bo‘lishning navbatdagi o‘n yillik muddatiga Sirdaryo viloyati fuqarolik ishlari bo‘yicha Boyovut tumanlararo sudining sudyasi lavozimiga;
Tojiboyeva Gulbahor Po‘latovna – sudyalik lavozimida bo‘lishning navbatdagi o‘n yillik muddatiga Toshkent viloyati fuqarolik ishlari bo‘yicha Quyichirchiq tumanlararo sudining sudyasi lavozimiga;
Mirzaahmedov Shoxruh Xidirboyevich – sudyalik lavozimida bo‘lishning navbatdagi o‘n yillik muddatiga Jizzax viloyati sudining jinoyat ishlari bo‘yicha sudyasi lavozimiga;
Ismoilov Shuhratjan Saidahmadovich – sudyalik lavozimida bo‘lishning navbatdagi o‘n yillik muddatiga Sirdaryo viloyati sudining jinoyat ishlari bo‘yicha sudyasi lavozimiga;
Ergashev Avazjon Yigitaliyevich – sudyalik lavozimida bo‘lishning navbatdagi o‘n yillik, shundan besh yil muddatga Farg‘ona viloyati jinoyat ishlari bo‘yicha Farg‘ona tumani sudining raisi lavozimiga;
Najimov Jamoliddin To‘xtanazarovich – sudyalik lavozimida bo‘lishning navbatdagi o‘n yillik muddatiga Farg‘ona viloyati jinoyat ishlari bo‘yicha Qo‘qon shahar sudining sudyasi lavozimiga;
Qo‘ldoshev Jahongir Abdug‘aniyevich – sudyalik lavozimida bo‘lishning navbatdagi o‘n yillik, shundan besh yil muddatga Toshkent viloyati jinoyat ishlari bo‘yicha Quyichirchiq tumani sudining raisi lavozimiga;
Ikromov Anvar Ashurovich – sudyalik lavozimida bo‘lishning navbatdagi o‘n yillik muddatiga Toshkent shahar sudining jinoyat ishlari bo‘yicha sudyasi lavozimiga;
Tursunova Navbahor Eshmurodovna – sudyalik lavozimida bo‘lishning navbatdagi o‘n yillik, shundan besh yil muddatga Samarqand viloyati Jomboy tumanlararo iqtisodiy sudining raisi lavozimiga;
Ummatova Mavludaxon Qodirovna – sudyalik lavozimida bo‘lishning navbatdagi o‘n yillik muddatiga Farg‘ona viloyati sudining iqtisodiy ishlar bo‘yicha sudyasi lavozimiga;
Jamoliddinov Husniddin Komoliddinovich – sudyalik lavozimida bo‘lishning navbatdagi o‘n yillik muddatiga Farg‘ona viloyati Farg‘ona tumanlararo iqtisodiy sudining sudyasi lavozimiga tayinlandi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 122706 | Инструменты