Huawei 1
Surxondaryo viloyati IIBga yangi boshliq tayinlandi

Bugun, 31-yanvar kuni Surxondaryo viloyati hokimligida Ichki ishlar vaziri general-leytenant Po‘lat Bobojonov va viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov ishtirokida ichki ishlar organlarining xizmat faoliyatiga oid tezkor yig‘ilish o‘tkazildi. Yig‘ilishda dastlab tashkiliy masala ko‘rildi.

Polkovnik Ismailov Timur Kamalatdinovich Surxondaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi. 

Timur Ismailov 1983-yil Qoraqalpog‘iston Respublikasi To‘rtko‘l tumanida tug‘ilgan. 2019-yil mayidan IIV Jinoyat qidiruv bosh boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ish boshlagan. 

Tayinlovga qadar Ichki ishlar vazirligi Terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashish bosh boshqarmasi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.

2020-yil yanvarida prezident tomonidan II darajali "Shon-sharaf" ordeni bilan mukofotlangan.

Ma'lumot uchun, 2019-yil oktyabridan buyon Surxondaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i bo‘lgan polkovnik Abduvohid Ismoilov 30-yanvar kuni Qashqadaryo viloyati IIB boshlig‘i etib tayinlangandi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 21121 | Инструменты