Huawei 1
TIVda AQSh va Yevropaning bir qator davlatlari elchilari bilan uchrashuvlar bo'lib o'tdi

O'zbekiston tashqi ishlar vaziri o'rinbosari Muzaffar Madrahimov xorijiy davlatlarning O'zbekistondagi bir qator elchilari bilan uchrashdi. 

TIV ma'lumotiga ko'ra, Jonatan Xenik (AQSh), Agostino Pinna (Italiya), Konstantin Obolenskiy (Shveysariya), Timoti Smart (Buyuk Britaniya), Reynis Troksha (Latviya ) va Yojef Roja (Vengriya) bilan alohida uchrashuvlar bo'lib o'tdi.

Muzokaralar davomida joriy yilning to'qqiz oyi davomida amalga oshirilgan ikki tomonlama hamkorlik aloqalari sarhisob qilinib, 2024-2025-yillar rejalari yuzasidan fikr almashildi. Yuqori darajadagi o'zaro tashriflar, siyosiy maslahatlashuvlar va savdo-iqtisodiy hamkorlik bo'yicha qo'shma komissiyalarning navbatdagi yig'ilishlarini tashkil etish bo'yicha kelishuvlarga erishildi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 122210 | Инструменты