Huawei 1
Turkiya tajribasi asosida Namanganda oltinni qayta ishlash va sotish bo‘yicha yirik markaz ishga tushiriladi

Prezident viloyatdagi imkoniyatlarni ishga solish bo‘yicha vazifalarni belgilab berdi.

Sayxunobod tajribasi asosida mahallalarda jami 4 mingta xonadonni tanlab olib, ularning daromadini oshirish choralari ko‘riladi. Keyingi bosqichda yana 4 mingtasiga moliyaviy, texnik, maslahat va boshqa ko‘rinishdagi amaliy yordam beriladi.

Shu tartibda, 35 ming xonadonga gulchilik, issiqxona, baliqchilik, asalarichilik, chorvachilik, uzumchilik, qulupnay, kartoshka yetishtirishga ko‘maklashiladi. Bunga yetarli miqdorda kredit ajratish rejalashtirilgan.

Yurtimizda qazib olinayotgan oltinni atigi 6 foizi qayta ishlanib, bor-yo‘g‘i 78 million dollarlik eksport bo‘layotgani qayd etildi.

Prezident kecha tanishgan zargarlik korxonasini misol qilib, zargarlik mahsulotlarini ishlab chiqarish va eksport hajmini oshirish uchun juda katta salohiyat borligini taʼkidladi.

Shu bois, tadbirkorlar uchun alohida sharoitlarga ega zargarlik zonalari tashkil qilinadi. Sohaga xomashyo yetkazish, mutaxassis tayyorlash, ishlab chiqarish zanjiri va sotish tizimi butunlay qayta ko‘rib chiqiladi.

Mutasaddilarga Turkiya tajribasi asosida Namanganda oltinni qayta ishlash va sotish bo‘yicha yirik markazni ishga tushirish topshirildi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 110717 | Инструменты