Huawei 1
Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki prezidenti O‘zbekiston prezidentini tug'ilgan kuni bilan tabrikladi

Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki prezidenti Odil Reno-Basso Shavkat Mirziyoyevni tug'ilgan kuni bilan tabrikladi. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov xabar berdi.

"Tavallud kuningiz munosabati bilan Sizga murojaat qilar ekanman, chin qalbimdan tabriklab, eng ezgu tilaklarimni izhor etaman. Ushbu qutlug‘ sana Sizning farovon va obod O‘zbekistonni barpo etish borasidagi orzu-umidlaringiz ifodasi bo‘lsin.

O‘zbekistonda investitsiya muhitini mustahkamlash borasidagi birgalikdagi saʼy-harakatlarimizni va Sizning sobitqadamligingizni yuksak qadrlayman. Sizning qatʼiy rahbarligingiz va islohotlarga sodiqligingizdan ruhlangan mustahkam hamkorligimiz iqtisodiy o‘sishni jadallashtirish va O‘zbekiston xalqi farovonligini oshirishda hal qiluvchi ahamiyatga ega.

Go‘zal mamlakatingizga navbatdagi tashrifimni sabrsizlik bilan kutaman va fursatdan foydalanib, Siz Janobi Oliylariga o‘zimning yuksak hurmat-ehtiromimni izhor etaman", - deyiladi tabrikda. 

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 101811 | Инструменты