Prezident raisligida 2028-yilgi Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlariga tayyorgarlikni kuchaytirish, ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish masalalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi bo'lib o'tdi.
Yilda ikki marta hududlarda olimpiya sport turlari bo‘yicha “Yangi O‘zbekiston Olimpiya cho‘qqilari” musobaqalarini o‘tkazish yo‘lga qo‘yiladi. Tuman va viloyat sovrindorlarini hokimlar rag‘batlantirib boradi.
Viloyat bosqichi g‘oliblari har yili 10-20 dekabr kunlari Olimpiya shaharchasida o‘tkaziladigan Prezident olimpiadasida ishtirok etadi.
Musobaqa g‘oliblari uy, avtomobil kabi qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanadi. Birinchi va ikkinchi o‘rinni olgan sportchilar Respublika olimpiya va paralimpiya markaziga qabul qilinadi.
Bunda 1-2 kurs o‘quvchilariga stipendiya to‘lash yo‘lga qo‘yiladi.
Joylarda yosh iqtidorlarni aniqlab, ularni tayyorlaydigan insonlar – birinchi murabbiylardir.
Lekin, bugungi kunda sportchilarni erishgan natijasi uchun faqat sport maktablari yoki terma jamoa murabbiylari rag‘bat olayapti.
Prezident bu adolatdan emasligini qayd etib, endilikda sportchilarni yetishtirib chiqargan birinchi murabbiylarga sportchilar va terma jamoa murabbiylari uchun ko‘zda tutilgan rag‘batning 10 foizgacha qismini mukofot sifatida berilishini taʼkidladi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 21317 | Инструменты