Huawei 1
2024-yilda O'zbekiston aholisini ichimlik suvi bilan ta'minlash darajasi 77,4 foizdan qariyb 81 foizga oshgan

Aholini markazlashgan ichimlik suvi bilan taʼminlanganlik darajasi 77,4 foizdan 80,9 foizga ko‘tarildi

Qayd etilishicha, maqsadli davlat dasturlari doirasida aholini ichimlik suvi bilan taʼminlash va oqova suv xizmatlarini yaxshilash bo‘yicha 454 ta obyektda 1 817 km ichimlik va 294 km oqova suv tarmoqlari hamda 243 ta ichimlik suvi va oqova suv inshootlari qurildi va rekonstruksiya qilindi.

2024-yilgi Investitsiya dasturiga ko‘ra, 22 ta loyiha doirasida 14 ta yirik suv inshootida jami 525 km ichimlik va oqova suv tarmog‘i qurildi.

2024-yilda barcha loyihalarning amalga oshirilishi natijasida, respublikadagi 1,7 mingdan ortiq mahalladagi 1,1 mln nafar aholi ilk bor ichimlik suvi bilan taʼminlanib, 2,9 mln nafar aholining ichimlik suvi taʼminoti yaxshilandi.

Markazlashgan ichimlik suvi bilan taʼminlanmagan 1 134 ta aholi yashash punktiga suv taʼminoti korxonalariga tegishli 214 ta va boshqa yuridik hamda jismoniy shaxslarga tegishli 1 112 ta maxsus suv tashish texnikalari orqali ichimlik suvining uzluksiz yetkazib berilishi taʼminlandi.

Eslatib o'tamiz, bundan oldin O‘zbekistonda ichimlik suv sifati monitoringini yuritadigan markaziy laboratoriyalar tashkil etilishi haqida xabar bergan edik

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 21319 | Инструменты