Hukumat qarori (66-son, 06.02.2025 y.) bilan “Inson hayoti va sog'ligiga yuqori xavf soluvchi omillar reyestrini shakllantirish va yuritish tartibi to'g'risida”gi nizom tasdiqlandi.
Nizom Inson hayoti va sog'ligiga yuqori xavf soluvchi omillar reyestrini shakllantirish va yuritish tartibini belgilaydi.
Mazkur reyestr Adliya vazirligi tomonidan “Yagona davlat nazorati” axborot tizimida barcha uchun ochiq holda belgilangan shaklda yuritiladi.
Reyestrni shakllantirish va yuritish nazorat qiluvchi organlar tomonidan inson hayoti va sog'ligiga yuqori xavf soluvchi omillar ro'yxatini tuzish va tasdiqlash, ularni qayta ko'rib chiqish va yangilab borishni o'z ichiga oladi.
Shuningdek, inson hayoti va sog'ligiga yuqori xavf soluvchi takrorlanadigan va dolzarbligini yo'qotgan omillarni bekor qilish hamda e'lon qilib borish jarayonlarini qamrab oladi.
Reyestrni yuritishning asosiy maqsadlari quyidagilar hisoblanadi:
- nazorat qiluvchi organlar faoliyatida qonuniylik va oshkoralikni ta'minlash;
- tadbirkorlarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish;
- tadbirkorlar faoliyatini noqonuniy to'xtatish holatlarining oldini olish;
- davlat tomonidan nazorat qilish tizimining hisobdorligi va shaffofligini ta'minlash.
Alpha version: 0.9.1.19 build 21320 | Инструменты