Huawei 1
Xorazmda ona o‘quvchilar oldida o‘qituvchini kaltakladi

Xorazm viloyatida ayol o‘quvchilar oldida o‘qituvchini kaltakladi. Sud unga 2 yilga ozodlikni cheklash jazosi tayinladi.

Qayd etilishicha, ona farzandini urganlikda aylab, o‘qituvchini maktab sinfxonasida – o‘quvchilar ko‘z oldida kaltaklagan. Kecha, 11 fevral kuni ayolga nisbatan sud hukmi o‘qilgan. 

Unga ko‘ra, ayol Jinoyat kodeksining 277-moddasi (bezorilik) 2-qismi “a” bandida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topilgan. Ayolga 2 yil muddatga ozodlikni cheklash jazosi tayinlangan.

Eslatib o'tamiz, bundan oldin Surxondaryoda ona o‘z farzandini kaltaklagani haqida xabar bergan edik

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 21319 | Инструменты