Huawei 1
YXHT DIIHB missiyasi rahbari O‘zbekistondagi deputatlar saylovini kuzatish jarayoni qanday o‘tayotgani haqida gapirib berdi

Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti (YXHT)ning Demokratik institutlar va inson huquqlari bo‘yicha byurosi (DIIHB) missiyasi rahbari Duglas Ueyk Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va mahalliy Kengashlar deputatlari saylovini kuzatish jarayoni qanday o‘tayotgani haqida gapirib berdi, deya xabar qiladi Gazeta.uz

Missiya tarkibiga Toshkentda bo‘lib turganiga bir oydan oshgan asosiy jamoaning 14 nafar xalqaro eksperti va 2-oktabrdan buyon O‘zbekistonning turli hududlarida ishlayotgan 26 nafar uzoq muddatli kuzatuvchilar kiradi. Respublika bo‘yicha saylov uchastkalariga jami 200 dan ortiq qisqa muddatli kuzatuvchilar yuborilgan.

Missiyaning maqsadi — “bu saylovlar qay darajada YXHT oldidagi majburiyatlar va boshqa xalqaro standartlarga mos kelishini baholash”. “Biz qilayotgan ish saylov qonunchiligi, ommaviy axborot vositalari saylovoldi tashviqotini qanday yoritishi, nomzodlarning saylovoldi kampaniyasidagi faoliyati bo‘yicha sharh va baholashni o‘z ichiga oladi. Va, albatta, bugun biz ovoz berish, ovozlarni sanash va natijalarni hisoblash jarayonini [baholaymiz]”, dedi Duglas Ueyk.

U missiya vakillari saylov kuni jarayonlarga baho berolmasligini ta’kidladi.

“Saylov kuni — O‘zbekistonda saylovchilar o‘z ovozini berishi kerak bo‘lgan kun. Biz esa uzoq muddat olib borgan kuzatishlarimizni bu kun qanday to‘ldirishini juda xolis, juda obyektiv baholashimiz kerak. Keyinchalik biz bu yuzlab odamlar orqali olib borgan barcha kuzatuvlarimizni bugun 60 ga yaqin vakilini jo‘natgan YXHT Parlament assambleyasidagi hamkorlarimizniki bilan birlashtiramiz”, — dedi missiya rahbari.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 102720 | Инструменты