Huawei 1
Zarafshon shahridagi aeroport faoliyati tiklanishi mumkin

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida Navoiy viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish vazifalari yuzasidan yig‘ilish bo‘lib o'tdi. 

Navoiy infratuzilmasi bilan bog‘liq masalalar ham muhokama qilindi.

Masalan, Zarafshon shahri aholisi 2-3 yilda 100 mingdan oshadi. Shu bois, Zarafshon hududini Tomdi tumani hisobidan 2 ming gektarga kengaytirib, 150 ming aholi uchun sharoit yaratish zarurligi qayd etildi.

Zarafshon shahri, Uchquduq va Tomdi tumanlarida jami 200 ming aholi yashaydi. Ular Toshkent shahriga kelish uchun avval avtomobilda 250-300 kilometr yo‘l yurib, Navoiy shahriga boradi. Keyin esa, bu yerdan poyezd yoki samolyotga o‘tirib, poytaxtga borishga majbur bo‘layapti.

Zarafshon shahridagi 80-yillarda qurilgan aeroport esa hozirda ishlamayapti. Ushbu aeroport faoliyatini qayta tiklash masalasini o‘rganib, tegishli takliflar kiritish topshirildi.

Masʼullar oldiga ijtimoiy infratuzilma va kommunikatsiya tarmoqlarini qish mavsumiga sifatli tayyorlash, kamchiliklarni bartaraf etish vazifasi qo‘yildi.

Mutasaddilarga ayollarni kasbga o‘qitish, bandligini taʼminlash, yoshlar bilan ishlashni yaxshilash yuzasidan topshiriqlar berildi.

Yig‘ilish davomida kompleks va hududlar rahbarlarining hisobotlari tinglandi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 122213 | Инструменты