Huawei 1
Ziroat Mirziyoyeva va Saida Mirziyoyeva Ozarbayjon birinchi xonimi bilan uchrashdi

Prezident yordamchisi Saida Mirziyoyeva O‘zbekistonning birinchi xonimi Ziroat Mirziyoyeva hamda Ozarbayjon birinchi xonimi Mehribon Aliyeva bilan uchrashdi. Bu haqda u o‘zining Telegram‘dagi kanaliga yozib qoldirdi.

"Birgalikda Bolalar gematologiya, onkologiya va klinik immunologiya markazi qoshidagi "Mehrli maktab" shifoxonasiga, O‘zbekiston xalq rassomi Akmal Nur suratlari ko‘rgazmasiga bordik, milliy liboslarning ajoyib namoyishini tomosha qildik.

Madaniy-gumanitar aloqalar va mushtarak anʼanalar O‘zbekiston bilan Ozarbayjon o‘rtasidagi munosabatlarning rivojida muhim o‘rin tutadi", — deb yozadi Saida Mirziyoyeva.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 91805 | Инструменты