Huawei 1
“ ‘Nachalnik militsiya’ yelkamdan sudrab do‘konimdan olib chiqdi” — Qashqadaryoda tadbirkor unga bosim qilinganini aytdi

Ijtimoiy tarmoqlarda un sotuvchi tadbirkorni ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i va hokim o‘z do‘konida xizmat ko‘rsatishni taqiqlagani haqida xabarlar tarqaldi.

Tadbirkor o‘z murojaatida shahar hokimi va ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i ikki oydan buyon do‘koniga kelib, avtovokzalda un sotmaslikni talab qilayotganini aytgan.

Do‘konimga 3-oktyabr kuni shahar hokimi, “nachalnik militsiya” kelib, meni yelkamdan ushlab olib chiqishdi. Zo‘ravonlik qilib, bu yerda un sotmaysan deyishdi. Do‘kon devoriga osilgan reklama yirtib tashlashdi, kuzatuv kameralarimni sug‘urib olib ketishdi, deydi tadbirkor.

Uning aytishicha bosim o‘tkazayotgan davlat xodimlarida umuman muomala madaniyatiga rioya qilishmagan. Nimadir so‘raydigan bo‘lsa, “Nega gapirasan, nima haqqing bor, olib borib buni podvalga tiq” deb qo‘rqitishgan.

Qashqadaryo viloyatida faoliyat ko‘rsatuvchi tadbirkorning mutasaddilar xatti-harakatidan norozi bo‘lib qilgan videomurojaati ijtimoiy tarmoqlarda yoritildi.

Biznes-ombudsman axborot xizmatining ma’lum qilishicha, mazkur holat nazoratga olinib, ayni vaqtda o‘rganilmoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 101721 | Инструменты