Huawei 1
10 dekabrdan Samarqand xalqaro aeroporti ishga tushadi

10 dekabrdan Samarqand xalqaro aeroporti mahalliy va xalqaro reyslarga xizmat ko‘rsatishni qayta tiklaydi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi Axborot xizmati xabar berdi.

Eslatib o‘tamiz, Samarqand aeroporti yangi aerodrom majmuasini foydalanishga topshirishga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida 20 oktyabr kuni yopilgan edi.  

Ta'kidlanishicha, ayni damda uzunligi 3105 metr va eni 60 metr bo‘lgan uchish-qo‘nish yo‘lagi va 24 ta samolyot to‘xtash joyiga mo‘ljallangan perronni o‘z ichiga olgan yangi aerodrom majmuasi qurilishi to‘liq yakunlandi.

Aerodrom majmuasi zamonaviy energiya tejovchi yorug‘lik signalizasiya uskunalari va IKAOning ikkinchi toifasiga mos keladigan qo‘nish tizimi bilan jihozlangan.

Aerovokzal majmuasi qurilishi esa davom etmoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 30411 | Инструменты