Huawei 1
Toshkent shahrida 10 ta avtobus yoʻnalishi oʻzgartiriladi

2025-yil 5-martdan boshlab, yo‘lovchi oqimi va fuqarolar murojaatlarini inobatga olgan holda ayrim avtobus yo‘nalishlariga o‘zgartirishlar kiritiladi.

- 29-sonli (“Huvaydo mahallasi - Paxtakor metrosi”) — Beruniy va Al-Xorazmiy ko‘chalari kesishmasidan chapga burilib harakatlanadi.

- 120-sonli (“Chorsu metrosi - Guliston mahallasi”) — Chorsu metrosidan Guliston mahallasiga borishda va qaytishda A. Navoiy ko‘chasi orqali harakatlanadi.

- 105-sonli (“Sergeli qo‘rg‘oni - Chilonzor buyum bozori”) — Xonabod ko‘chasidan harakatlanadi, Ulgurchi bozoriga kirmaydi.

- 117-sonli (“Toshkent quvur zavodi - Food City”) — Toshkent quvur zavodidan kelishda Ulgurchi bozori orqali harakatlanadi.

- 154-sonli (“Bobur mahallasi - Zangiota yuqumli kasalliklar shifoxonasi”) — Bobur mahallasidan THAY va Yangi Sergeli ko‘chalari orqali harakatlanadi.

- 87-sonli (“AI Xorazmiy mavzesi - Qoraqamish 2/4 mavzesi”) — Guliston, Poygoh, Qurilish, Qovunchi ko‘chalari orqali Chilonzor 30-dahasi bekatigacha harakatlanadi.

- 17T-sonli (“Bekobod mavzesi - Chilonzor buyum bozori”) — Chilonzor buyum bozoridan kelishda Beshqayrag‘och, Bekobod, Istirohat ko‘chalari orqali harakatlanadi.

- 99-sonli (“Suvsoz mavzesi - Farhod bozori”) — Suvsoz mavzesidan kelishda Kichik halqa yo‘li, Lutfiy va Farhod ko‘chalari orqali harakatlanadi.

- 12-sonli (“Qo‘yliq dehqon bozori - Qushbegi mavzesi”) — Qushbegi mavzesidan Kichik halqa yo‘li va Bobur ko‘chalari orqali Xalqaro Aeroport-2 bekatigacha harakatlanadi.

- 174-sonli (“Aviasozlar AShB - Jumabozor qo‘rg‘oni”) — Jumabozor AShBdan Jumabozor qo‘rg‘oni bekatigacha uzaytiriladi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 30414 | Инструменты