Huawei 1
Samarqandda 819,9 mln so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalangan nonvoyxona aniqlandi

“Oʻzenergoinspeksiya” Samarqand viloyat hududiy boshqarmasi va viloyat prokuraturasi hamkorlikda o‘tkazilgan nazorat tadbirida Oqdaryo tumanida istiqomat qiluvchi fuqaro B. R. "Loyish" MFYda joylashgan nonvoyxonasida gaz tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan ulab, tabiiy gazdan noqonuniy foydalanganligi aniqlandi.

Ushbu qoidabuzarlik natijasida dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra gaz ta’minoti korxonasiga 819,9 million so‘mlik zarar yetkazganligi ma‘lum bo‘ldi.

Mazkur holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi.

Eslatib o'tamiz, bundan oldin Jizzax shahrida tabiiy gazdan noqonuniy foydalanib kelish holatlari fosh etilgani haqida xabar bergan edik.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 30414 | Инструменты