1-sinfga boradigan o‘quvchilar uchun “Prezident sovg‘asi” jamlanmasini maktablarga yetkazib berish boshlandi
Uning tarkibi 12 turdagi o‘quv qurollaridan iborat.
Stajor-o‘qituvchilarni ishga qabul qilish tartibi ishlab chiqildi
Prezidentning tegishli Farmoniga asosan 2023/2024-o‘quv yilidan boshlab pedagogik kasblarga birinchi marta ishga qabul qilinadigan oliy ma’lumotli talabgorlar stajor-o‘qituvchi sifatida faoliyat yuritishi belgilangan.
O‘quvchini boshqa maktabga yoki sinfga o‘tkazish tartibi haqida ma’lumot berildi
Odatda, turli sabablarga ko‘ra, bolani bir maktabdan boshqa maktabga, shuningdek, o‘zi istagan muhitda o‘qishini davom ettirishi uchun bir sinfdan boshqa sinfga o‘tkazishga to‘g‘ri keladi. Ushbu jarayon bilan bog‘liq qoidalar haqida ma'lumot berildi.
O'zbekistondagi talabalar uchun nomli stipendiyalar roʻyxati yangilandi
Unga ko'ra, bundan buyon barcha fanlardan oʻzlashtirish koʻrsatkichlari “aʼlo” (koʻpi bilan 25 foizi “yaxshi”) boʻlgan hamda ijodiy ishda qatnashadigan bakalavriat taʼlim yoʻnalishida oʻqiyotgan yuqori kurs talabalari uchun bir qator nomdor davlat stipendiyalari taʼsis etildi.
Alisher Shodmonov Sog‘liqni saqlash vaziriga birinchi o‘rinbosar bo‘ldi
U 2017-2020-yillarda Sog‘liqni saqlash vaziri lavozimida ishlagan edi.
Poytaxtning Yashnobod va Mirzo Ulug‘bek tumanida aholi 12 soat "svetsiz" qoldi
Energetika vazirligining xabar berishicha, mazkur nosozlik yer ostidagi kuygan kabellarni almashtirish bilan bog‘liq bo‘lganligi sababli ta’mirlash ishlari mo‘ljaldagidan ko‘ra ko‘proqqa cho‘zilgan.
O‘zbekiston Xalqaro ijtimoiy ta’minot assosiatsiyasiga a’zo bo‘ldi
Xalqaro ijtimoiy ta’minot assosiatsiyasi Bosh Assambleyasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasining tashkilotga a’zo bo‘lish uchun bergan arizasini tasdiqladi.
Surxondaryoda qamishlar orasidan noma’lum shaxslar tomonidan yashirib ketilgan 10 kg “opiy” moddasi topildi
Qo‘shni davlatlardan O‘zbekistonga olib o‘tilgan katta miqdordagi norkotik moddasi topildi.
O‘zbekiston U-17 terma jamoasi Yaponiya U-17 ga yirik hisobda mag'lub bo'ldi
O‘zbekiston U-17 terma jamoasining xalqaro musobaqadagi ishtiroki nihoyasiga yetdi.
Poytaxtda 10 kun ichida 17 mingga yaqin qoidabuzarlik qayd etildi
Toshkent shahar IIBB xabariga ko'ra, shundan 6 mingga yaqini qo'pol qoidabuzarliklardir.
Toshkent-Doha yo‘nalishida aviareyslar yo'lga qo'yiladi
Toshkent shahar hokimi v.b Shavkat Umurzoqov Qatarning O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Hasan Hamza Hoshim bilan uchrashdi.
Yandex taksi haydovchilari ham subsidiya va ipoteka kreditidan foydalana oladi
Prezidentning “2023-yilda bozor tamoyillariga asoslangan ipoteka kreditlari orqali aholini uy-joy bilan ta’minlash dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni qabul qilindi.
Xorazmda o‘qituvchilar maktabni tozalash ishlariga jalb qilindi
Holat yuzasidan Bandlik vazirligi ma‘lumot berdi.
42 kmdan 150 kmgacha. Poytaxt kanallari bo‘yidagi sayilgohlar uzunligi 7 yilda qanchaga uzayadi?
Kanallar bo‘ylarida sayilgohlarni tashkil etish ishlari 2018-yilda boshlangan bo‘lib, hozirda poytaxtdan oqib o‘tuvchi turli kanallar atrofida 42 km uzunlikda ko‘ngilli sayr qilish maskanlari barpo qilindi. Bu jarayonda kanallarning qirg‘oqlarini mustahkamlash, chiqindilardan tozalash ishlari bajarilib, o‘rindiqlar, chiqindi qutilari va zamonaviy tungi yoritish chiroqlari o‘rnatildi. Piyodalar va velosiped yo‘laklari tashkil qilindi.
Toshkentlik 22 yoshli yigit Suriyadagi terrorchilik tashkiloti safiga qoʻshilib, jangovar harakatlarda qatnashib kelayotgani aniqlandi
U Turkiyaga borib “Katiba al-Gʻuroba al-Turkiston” terrorchilik tashkiloti yollovchilarining taʼsiriga tushganligi hamda aylanma yoʻllar orqali Suriyaga oʻtib, ushbu tashkilot safiga qoʻshilganligi, hozirda jangovar harakatlarda qatnashib kelayotganligi aniqlandi.
Toshkentda 171-sonli “Bo'zsuv markazi – Chilonzor metrosi” yangi avtobus yo‘nalishi harakati tashkil etilmoqda
Yo'nalish harakati Toshkent viloyati Zangiota tumani Boʻzsuv QFY hududidan 4K716, M-39 avtomobil yoʻllari va Bunyodkor shoh koʻchasi orqali “Chilonzor metrosi” bekatiga qadar, ish tartibi soat 05:30 dan 21:10 gacha etib belgilandi.
O‘zbekistonda 20-avgustdan yotoqxonada turmoqchi bo‘lgan talabalarning arizasi qabul qilinadi va raqamlashtiriladi
Qayd etilishicha, 2023-yilning o‘zida 4712 o‘rinli 12 ta yotoqxona foydalanishga topshirilgan. Sentyabr oyida yana 6400 o‘rinli 11ta yotoqxona ishga tushiriladi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 80311 | Инструменты