Huawei 1
16 ta tuman va shahar hokimlari hayfsan oldi

O‘zbekistondagi 16 ta tuman va shahar hokimlariga hayfsan e’lon qilindi. Bu haqda bugun, 16 yanvar kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tayotgan investitsiyalarni keng jalb etish va eksportni oshirish borasidagi ishlar natijadorligi hamda kelgusidagi asosiy vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishida ma’lum qilindi.

Videoselektorda ayrim tuman hokimlari investitsiya va eksport masalasini o‘z holiga tashlab qo‘ygani qayd etildi. O‘tgan yili Beruniy, Qorao‘zak, Qo‘ng‘irot, Peshku, Yangiobod, Qamashi, Xonqa, Shovot tumanlarida investitsiya 15 million dollarga ham yetmadi. Romitan, Dehqonobod, Mirishkor, Chiroqchi, Narpay, Nurobod va Guliston tumanlari, Ohangaron shahrida eksport kamaygan. Ushbu 16 ta tuman va shahar hokimlariga hayfsan e’lon qilindi. 

Bildirilishicha, endilikda investitsiya bo‘yicha yangi nazorat tizimi bo‘lishi belgilandi. Bunda Bosh vazir bu yilgi 42 milliard dollar xorijiy investitsiya bo‘yicha oyma-oy rejani tasdiqlaydi, viloyat, shahar va tuman hokimlari, tarmoq rahbarlari haftada ikki kun investitsiya bilan shug‘ullanadi.

Mutasaddilar tinmay hududlarga borishi, tadbirkorlar bilan uchrashishi, masalasini joyida hal qilishi shartligi ko‘rsatib o‘tildi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 11621 | Инструменты