2-aprel kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar dayjesti

Ayrim banklarda dollar kursi ilk bor 12 700 so'mdan oshdi

O'zbekistonning ayrim banklarida dollar sotish kursi 12 710 so‘mni tashkil qilmoqda.

Nogironligi bo‘lgan shaxslarning saylovlarda ishtirokiga oid huquqlari kafolatlanadi

Taklif etilayotgan yangi normalar nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlarini yana-da mustahkamlashga hamda ushbu sohadagi milliy qonunchilikni yana-da takomillashtirishga xizmat qiladi.

Transport sohasini raqamlashtirish yo‘nalishida O'zbekiston Qirg‘iziston bilan hamkorlikni rivojlantiradi

Jumladan, avtomobil transportida xalqaro yuk tashuvlari sohasida xalqaro tajribada ilk marotaba O‘zbekiston tomonidan amaliyotga joriy etilgan ePermit tizimini ikki davlat o‘rtasida yo‘lga qo‘yish bilan bog‘liq jihatlar yuzasidan fikr almashildi.

Toshkentda ichimlik suvi rejali o‘chiriladi

Suvsiz qolgan hududlarga maxsus texnikalarda suv yetkazib beriladi.

O‘zbekiston davlat drama teatrida spektakllar qo'yish noma'lum muddatga qadar to‘xtatildi

Xabar berilishicha, hozirda teatr binosida ta’mirlash ishlari olib borilmoqda.

2024-yilda Sergeli va Chorsu bozori yaqinida ko‘p qavatli avtoturargohlar quriladi

2024-yilda Sergeli tumani va Chorsu bozori yaqinida ko‘p qavatli avtoturargohlar qurish rejalashtirilgan. Bu haqda Transport vaziri Ilhom Mahkamov ma’lum qildi.

"Bunyodkor" Rivaldo va Denilson ishida bir necha yillik kelishuvga erishdi

Yangi kelishuvga ko‘ra to‘lanishi lozim bo‘lgan summalar sezilarli ko‘rinishda kamaytirildi. Qo‘shimchasiga, kelishilgan summa Denilsonga 2026-yilgacha uch qismga bo‘lib to‘lanadigan bo‘ldi.

O‘zbekistonda bolalar kambag‘alligi darajasi eng past bo‘lgan hududlar maʼlum qilindi

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi 2023-yilda 16 mingdan ortiq oilani o‘rgandi. Natijalar 3 yilda bolalar kambag‘alligi 7,8% ga kamayganini ko‘rsatdi.

Moliyaviy mustaqillik berilgan OTMlariga bir qator vakolatlar berilmoqda

Moliyaviy mustaqillik berilgan oliy ta’lim tashkilotlariga pedagogik kadrlarni ta’lim tashkilotlariga ishga qabul qilish va ular faoliyatini baholash tartibini belgilash, o‘quv adabiyotlarini tayyorlash va nashr qilishni tashkil etish vakolatlari berilmoqda.

2-apreldan Toshkent hayvonot bog‘iga kirish chiptalari narxlari oshirildi

Qayd etilishicha, bunday qaror hayvonlarni parvarishlash va davolash xarajatlari o’shishi munosabati bilan qabul qilingan.

Endi aholi himoyaga muhtoj mozaikalar haqida xabar berishi mumkin

Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamg‘armasi jamoatchilikni respublikaning madaniy merosini asrab-avaylash jarayonlariga daxldor bo‘lib qo‘shilib, himoya va muhofazaga muhtoj bo‘lgan mozaikalarning joylashuvi haqida xabardor qilishga chaqirdi.

O'zbekiston 2 oyda 3 502 ta elektromobil sotib oldi

Statistika agentligining dastlabki maʼlumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston 2024-yilning yanvar-fevral oylarida xorijdan qiymati 85,7 mln AQSH dollariga 3 502 ta elektromobil import qilgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 72710 | Инструменты