Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamg‘armasi jamoatchilikni respublikaning madaniy merosini asrab-avaylash jarayonlariga daxldor bo‘lib qo‘shilib, himoya va muhofazaga muhtoj bo‘lgan mozaikalarning joylashuvi haqida xabardor qilishga chaqirdi.
“Agar siz qo‘shimcha nazoratni taqozo etuvchi mozaika va pannolar haqida maʼlumotga ega bo‘lsangiz, ularning fotosurati va joylashgan joyini mocaic@acdf.uz manziliga yuboring”, deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori bilan respublika hududida joylashgan binolar devorlarida ishlangan mozaika kompozitsiyalari Moddiy madaniy merosning ko‘chmas mulk obyektlari ro‘yxatiga kiritilgandi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 122211 | Инструменты