Huawei 1
20-noyabr kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan muhim voqealar dayjesti

Prezident 2025-yilni O‘zbekistonda “Atrof-muhitni asrash va “yashil” iqtisodiyot yili” deb e’lon qilishni taklif qildi

El-yurtimizning fikr-mulohazalari, xohish-istaklarini atroflicha o‘rganib, bildirilgan tavsiyalardan kelib chiqqan holda, bu boradagi ishlarni yangi, yana-da yuksak bosqichga ko‘tarish maqsadida Prezidentimiz 2025 yilni yurtimizda “Atrof-muhitni asrash va “yashil” iqtisodiyot yili” deb eʼlon qilishni taklif qildi.

Abdulla Aripov yana O‘zbekiston bosh vaziri bo‘ldi

Yashirin ovoz berish yo‘li bilan deputatlar uni uchinchi muddatga bosh vazir lavozimiga ma’qulladi.

"Toshkent xalqaro aeroporti" ning uchib kelish zali kengaytirilmoqda

Taʼkidlanishicha, soatiga 2400 yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatish quvvatiga ega yirik yagona aeroport majmuasini yaratish rejalashtirilgan.

O‘zbekiston — Qozog‘istondagi xorijiy kompaniyalar soni bo‘yicha uchinchi o‘rinda

Qo‘shni mamlakatda O‘zbekistonning 5 217 ta kompaniyasi ro‘yxatga olingan bo‘lib, 3 829 tasi faoliyat yuritmoqda.

Oktyabrda soliq tushumlari 2023-yilning shu davriga nisbatan 15 foizga o‘sdi

Soliq tushumlari bo‘yicha tahlilda daromad solig‘i 18,2 foizga oshgan, bu esa aholi bandligi va daromadlarining oshganligini ko‘rsatadi. Mulk solig‘i 38,9 foizga, yer solig‘i esa 26,3 foizga oshdi.

Yoqilg‘i quyish va gaz to‘ldirish shoxobchalari bo‘yicha mobil ilova ishga tushirildi

O‘zbekistondagi yoqilg‘i quyish, gaz to‘ldirish va elektr quvvatlash shoxobchalari haqida ma’lumot beruvchi “Avto24” ilovasi test sinovida ishga tushirildi.

Namanganda turmushga chiqishni rad qilgan qizini bo‘g‘ib o‘ldirgan ota 10 yilga qamaldi

To‘raqo‘rg‘on tumanida 22 yoshli qiz ota-onasiga unashtirilgan yigitga turmushga chiqmasligini aytgan. Bundan jahli chiqqan ota mudhish jinoyatga qo‘l urgan.

Farg‘onada tez yordam bemorni tabibga olib bordi

Holat yuzasidan Respublika tez tibbiy yordam markazi Matbuot xizmati rasmiy munosabat bildirdi.

Madaniy meros agentligi Andijondagi Bobur haykali ko‘chirilishi yuzasidan xulosa olish uchun tushunchalar berilganini ma’lum qildi

Andijon shahrida joylashgan Zahiridddin Muhammad Bobur haykalini ko‘chirib, o‘rniga turarjoy qurish rejalashtirilgani xabar qilingandi. Holat yuzasidan Madaniy meros agentligi munosabat bildirdi.

AQShda o‘zbekistonlik talabalar soni 1200 nafardan oshdi

2023−2024 o‘quv yilida Amerika Qo‘shma Shtatlarida tahsil olayotgan o‘zbekistonlik talabalar soni 1219 nafarni tashkil etdi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 112020 | Инструменты