O‘g‘rilik jinoyatini sodir etganlikda ayblanib, O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar organlari tomonidan 2020 yildan buyon qidiruvda bo‘lgan, 1998 y.t. Erkinova Gulruxxon Akmaljon qizi Toshkent shahriga deportatsiya qilindi.
«Ushbu shaxsning xatti-harakatlaridan jabr ko‘rgan fuqarolardan O‘zbekiston Respublikasining Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasiga yoki O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi yoxud ichki ishlar organlarining quyi hududiy bo‘linmalariga murojaat qilish so‘raladi.
Jinoyat uchun jazoning muqarrarligini ta’minlash maqsadida Turkiya hududida hamkorlikdagi tadbirlar tizimli ravishda davom ettirilmoqda», deyiladi O‘zbekistonning Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasi xabarida.
Alpha version: 0.9.1.19 build 11221 | Инструменты