Yamanning El-Bayda provinsiyasidagi yoqilg‘i quyish shoxobchasi (AYQSH) va gaz omborining portlashi oqibatida 10 kishi halok bo‘ldi, 65 kishi turli jarohatlar oldi. Bu haqda Yemen Online xabar berdi.
Zahar tumanida sodir bo‘lgan portlash zanjirli reaksiyaga sabab bo‘lgan. Oqibatda qo‘shni ikkita yoqilg‘i quyish shoxobchasi va yaqin atrofdagi tijorat omborlari yonib ketgan. Portlash paytida yonilg‘i quyish shoxobchasida mijozlar ko‘p edi. Bu tartibsizlikka olib kelgan, odamlar yonayotgan majmuani tark etishi qiyinlashgan.
Mahalliy hukumat vakilining so‘zlariga ko‘ra, yonilg‘i quyish shoxobchasidagi portlash oqibatida kamida 10 kishi halok bo‘lgan va 65 dan ortiq kishi jarohatlangan.
“Rasmiylar portlashning sababini hali ham o‘rganmoqda, bu noaniq bo‘lib qolmoqda”, deya xabar berdi Yemen Online.
Alpha version: 0.9.1.19 build 11220 | Инструменты