Huawei 1
Turkiyada Bolalar uyiga joylashtirilgan vatandoshimiz O'zbekistonga qaytarildi

O‘zbekistonning Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasiga 66 yoshli Ya.X. nevarasi 2009 y.t. Ya.A.ni Turkiyaning Tekirdag‘ viloyatidagi Bolalar uyidan O‘zbekistonga olib ketish yuzasidan yordam so‘rab murojaat qildi. 

Fuqaro Ya.X. 2022 yildan buyon turli maʼmuriy-huquqiy to‘siqlar sababli nabirasini O‘zbekistonga olib keta olmay, og‘ir sharoitga tushib qolgan.  

Maʼlum bo‘lishicha, 2024 yilning sentyar oyida Turkiya sudi tomonidan X.Ya. nabirasini qaramog‘iga olish hamda O‘zbekistonga olib ketish huquqini beruvchi qaror chiqarilgan. Biroq, qaror kuchga kirgunga qadar A.Ya. Bolalar uyidan qochgani sababli unga nisbatan qidiruv eʼlon qilinib, Bolalar uyi maʼmuriyatining taqdimnomasiga ko‘ra Adliya organi tomonidan buvisi Ya.X.ga nisbatan “nabirasini qochishini tashkillashtirganligi” yuzasidan ayb eʼlon qilingan. 

Bosh konsulxona, Tashqi migratsiya agentligi vakillari, “Ayollar huquqlarini himoya qilish jamiyati” hamkorligida yuqoridagi ayblovlarni rad etish hamda Ya.A.ni O‘zbekistonga qaytarish yuzasidan kelishuvga erishildi. 

Joriy yilning 12 yanvar kuni Ya.A. buvisi hamrohligida O‘zbekistonga qaytarildi.

Istanbuldagi Bosh konsulxona vatandoshlarimizni O‘zbekistonga yuborishda yaqindan yordam bergan O‘MI Toshkent shahar vakilligiga o‘z minnatdorchiligini bildiradi hamda fuqarolarimizni voyaga yetmagan farzandlarini xorijda nazoratsiz qoldirmaslikka chaqiradi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 11220 | Инструменты