Huawei 1
2021-yilda O‘zbekistondagi jami sanoat korxonalaridan atmosferaga qariyb 1 mln tonna chiqindi tashlangan

Bu haqda bugun AOKAda o‘tkazilgan brifingda Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi boshqarma boshlig‘i Aziz Kalimbetov ma’lum qildi.

Unga ko'ra, joriy yil boshidan 400 ga yaqin yirik sanoat korxonalarining 1500 ga yaqin chang-gaz tozalash uskunalari xatlovdan o‘tkazilib, shundan 270 ta korxonaning mingdan ortiq uskunalarini modernizatsiya qilish va yangilariga almashtirishni taqozo etilishi ma’lum bo‘ldi.

2021-yilda respublikadagi jami sanoat korxonalaridan atmosferaga 909 ming tonna tashlamalar tashlangan. Bu ko‘rsatkich 2019-yilga nisbatan 43,8 ming (4,6%) hamda 2020-yilga nisbatan 15,4 ming (2%) tonnaga kamayganligini ko‘rish mumkin.

Ayniqsa, ushbu tashlamalar miqdori Andijon, Samarqand, Sirdaryo, Toshkent, Farg‘ona viloyatlari va Toshkent shahrida oldingi yilga nisbatan bir muncha kamaygan.

Sanoat tashlamalarini hududlar bo‘yicha ham tahlil qilinadigan bo‘lsa, sanoati rivojlangan Navoiy viloyatining Qiziltepa tumanidagi 20 dan ortiq pishgan g‘isht va Farg‘ona viloyatining O‘zbekiston tumanidagi 30 ga yaqin qurilish va pardoz mahsulotlarini ishlab chiqarish faoliyatlari hamda Toshkent viloyatining bir qator sanoati rivojlangan tuman va shaharlari hududlari Davlat ekologiya qo‘mitasi tomonidan alohida nazoratga olingan bo‘lib, ushbu hududlar bo‘yicha alohida chora-tadbirlar dasturlari qabul qilingan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 102218 | Инструменты