2022-yilda Samarqandda Shanxay hamkorlik tashkiloti sammiti o'tkaziladi
“2022-yilda Samarqand shahrida o'tkaziladigan Shanxay hamkorlik tashkiloti sammitiga tayyorgarlik ko'rish chora-tadbirlari to'g'risida” Prezident farmoyishi qabul qilindi.
Unga muvofiq, 2022 yilda Samarqand shahrida o'tkaziladigan Shanxay hamkorlik tashkiloti sammitiga tayyorgarlik ko'rish bo'yicha Respublika tashkiliy komissiyasi tarkibi hamda Sammit tadbirlarini o'tkazish bo'yicha bosqichli ish rejasi tasdiqlandi.
“www.sco-summit2022.uz” veb-sayti faoliyati yo'lga qo'yilib, o'tkazilgan tadbirlar bo'yicha O'zbekistonning Shanxay hamkorlik tashkilotidagi raisligiga oid tegishli ma'lumotlar bilan to'ldirib boriladi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 10710 | Инструменты