Huawei 1
2022-yilda Toshkent shahrida 1200 ta yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan. Unda 136 nafar fuqaro halok bo’lgan

Statistik maʼlumotlarga ko‘ra, 2022-yilning 12 oyi mobaynida poytaxtda 1200 ta yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan. Hisobot davrida YTH oqibatida halok bo‘lganlar soni 136 nafarni tashkil etgan, 1463 nafari tan jarohati olgan.

Yo‘l-transport hodisalarining 32,5 foizini piyodalar ishtirokidagi baxtsiz hodisalar tashkil etadi. Bolalar ishtirokida 169 ta YTH sodir bo‘lgan, buning oqibatida 56 nafar voyaga yetmaganlar tan jarohati olgan, 17 nafari vafot etgan.

Har bitta raqam ortida insonlar taqdiri yotibdi. Bitta insonning halok bo‘lishi – uning oila aʼzolari, yaqinlari uchun og‘ir judolik hisoblanadi.

O‘tgan bir yil davomida haydovchilar tomonidan yo‘l harakati qoidalariga rioya qilmaslik oqibatida sodir bo‘lgan YTHlar tahliliga to‘xtalsak.

Eng ko‘p uchraydigan qoidabuzarlik tezlikni oshirish bo‘lgan - 370 ta holat. 143 nafar haydovchi svetoforning taqiqlovchi ishorasiga o‘tgan. 8 ta baxtsiz hodisa avtomobil rulida o‘tirgan shaxslarning mast holatda bo‘lganligi sababli sodir bo‘lgan. 73 ta YTH jiddiy oqibatlarga olib keldi.

Bir so‘z bilan aytganda, har bir haydovchi transport vositasini boshqarayotganda nafaqat o‘zi, balki yo‘lovchilar va piyodalarning hayotiga masʼuliyat bilan qarashlari lozim. Piyodalar esa yo‘l harakati ishtirokchisi ekanligini unutmasligi va o‘rnatilgan qoidalarga rioya etishlari kerak.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 22421 | Инструменты