Huawei 1
Toshkent shahri va Andijon viloyatida energiya resurslaridan noqonuniy foydalanganlik holatlari fosh etildi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Olmazor va Sergeli tumanlari bo‘limlari tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvlarda, fuqarolar A.A. va J.M. o‘zlarining xonadonlarida umumiy foydalanishdagi gaz tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri ulanib, jami 308,9 mln so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanganliklari aniqlangan.

Shu kabi Departamentning Asaka tumani bo‘limi, “O‘zenergoinspeksiya” Andijon viloyati boshqarmasi va Asaka TETK xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda “Z.” MCHJ mas’ul shaxslari Asaka TETK mansabdor shaxslari bilan o‘zaro til biriktirib, “Yangisor” MFY hududidagi choyxona binosida elektr hisoblagichga tashqi ta’sir o‘tkazib, tijorat maqsadida umumiy foydalanishdagi elektr tarmog‘iga ulanib, 175,1 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanib kelganliklari aniqlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) va 185-2-moddasi (elektr, issiqlik energiyasi, gaz, vodoprovoddan foydalanish qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergovga harakatlari o‘tkazilmoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 22420 | Инструменты