2023-yilda Toshkent shahrida 95 kishi YTH oqibatida vafot etdi

2023-yilda Toshkent shahrida 95 kishi YTH oqibatida vafot etdi. Bu haqda Toshkent shahar prokurori Erkin Yuldashev ma'lum qildi.

Qayd etilishicha, Toshkentda o‘tgan yili sodir bo‘lgan mingga yaqin YTH uchun jinoyat ishlari qo‘zg‘atilgan. 2023-yilda poytaxt ko‘chalarida sodir bo‘lgan avariyalarda 95 kishi halok bo‘lgan. Vafot etganlarning 10 nafari bolalar.

YTHlar oqibatida 1248 kishi tan jarohati olgan, 10 kishi umrbod nogironga aylangan. Jarohat olganlarning 235 nafari bolalar hisoblanadi. 

Qayd etilishichva, 4384 nafar fuqaro tomonidan transport vositasi spirtli ichimliklar ichgan holda boshqarilgan. Shundan 26 ta holatda YTH sodir bo‘lgan. YTHga asosan belgilangan tezlikka, svetofor yoki yo‘l qoidasiga amal qilmaslik, oraliq masofani saqlamaslik, piyodalarga yo‘l bermaslik, quvib o‘tish qoidasini buzish kabi omillar sabab bo‘lmoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 72710 | Инструменты