Statistika agentligining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, 2023-yilning 1-yanvar holatiga respublikadagi doimiy aholi soni 36 024 900 kishini tashkil etgan.
O‘zbekistonda doimiy aholisi soni eng kam bo‘lgan shaharlar:
— Gʻozg‘on shahri – 9,1 ming kishi;
— Shirin shahri – 19,3 ming kishi;
— Ohangaron shahri – 40,7 ming kishi;
— Xonobod shahri – 45,0 ming kishi;
— Yangiyer shahri – 46,8 ming kishi;
— Nurafshon shahri – 54,1 ming kishi;
— Kogon shahri – 63,8 ming kishi;
— Yangiyo‘l shahri – 81,9 ming kishi;
— Zarafshon shahri – 86,5 ming kishi;
— Kattaqo‘rg‘on shahri – 93,6 ming kishi.
O‘zbekistonda doimiy aholisi soni eng ko‘p bo‘lgan shaharlar:
— Namangan shahri – 678,2 ming kishi;
— Samarqand shahri – 573,2 ming kishi;
— Andijon shahri – 468,1 ming kishi;
— Nukus shahri – 334,6 ming kishi;
— Farg‘ona shahri – 305,6 ming kishi;
— Qarshi shahri – 289,6 ming kishi;
— Buxoro shahri – 289,2 ming kishi;
— Qo‘qon shahri – 264,1 ming kishi;
— Marg‘ilon shahri – 246,7 ming kishi;
— Termiz shahri – 195,9 ming kishi.
Eslatib o'tamiz, bundan oldin O'zbekistonda hududlar bo'yicha Samarqandda eng ko'p aholi yashayotgani ma'lum qilingan edi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 13109 | Инструменты