Huawei 1
2023-yil boshida O'zbekiston aholisi  36 mlnga yetdi. Hududlar bo'yicha Samarqandda eng ko'p aholi yashayotgani ma'lum qilindi

Statistika agentligining ma’lumotiga ko‘ra, O‘zbekistonda 2023-yil 1-yanvar holatida doimiy aholi soni 36 mln 24 ming 900 kishini tashkil etgan.

Hududlar kesimida olib qaralsa, Samarqand viloyatida doimiy aholi eng ko'p bo'lgan va ularning soni 4 mln 118,4 ming kishidan oshgan. Aholisi eng kam bo'lgan viloyat esa Sirdaryo viloyati. U yerda 896,6 ming kishi istiqomat qiladi.

Quyida boshqa hududlar bo'yicha ma'lumot keltirilgan:

— Farg‘ona viloyati – 3 mln 976,5 ming kishi

— Qashqadaryo  viloyati – 3 mln 482,6 ming kishi

— Andijon viloyati – 3 mln 322,8 ming kishi

— Namangan viloyati – 2 mln 997,6 ming kishi

— Toshkent viloyati – 2 mln 992,6 ming kishi

— Toshkent shahri – 2 mln 955,7 ming kishi

— Surxondaryo  viloyati – 2 mln 806,7 ming kishi

— Buxoro viloyati – 2 mln 009,8  ming kishi

— Qoraqalpog‘iston Respublikasi – 1 mln 976,3 ming kishi

— Xorazm viloyati – 1 mln 958,2 ming kishi

— Jizzax viloyati – 1 mln 475,6 ming kishi

— Navoiy viloyati – 1 mln 55,5 ming kishi

— Sirdaryo viloyati – 896,6 ming kishi

Ma'lumot o'rnida, O‘zbekistonda doimiy aholi soni har kuni o‘rtacha 2,1 ming kishiga oshmoqda. Shuningdek, 2022-yilda O‘zbekiston Respublikasi doimiy aholi soni bo‘yicha MDHda uchinchi, tug‘ilish bo‘yicha esa birinchi o'rinni egallagan. Shuningdek, aholi soni bo‘yicha dunyo mamlakatlari o‘rtasida 41 o‘rindaqayd etilgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 13111 | Инструменты