Huawei 1
2024-yilda 600 ming tupdan ortiq daraxtlar kesilishining oldi olindi

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi va hududiy nazorat boshqarmalari inspektorlari tomonidan daraxtlar kesilishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida doimiy nazorat-reyd tadbirlari olib borilmoqda. Buning natijasida o‘tgan yillar davomida daraxtlar, xususan, moratoriyga kiritilgan qimmatbaho daraxtlar kesilishi kamayib bormoqda.

Ma'lumot uchun, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 30-oktabrdagi PF-5863-son Farmoniga asosan o‘rmon fondiga kirmaydigan daraxt va butalar qimmatbaho navlarining kesilishiga moratoriy e’lon qilingan. 2021-yil 30-dekabrdagi “Respublikada ko‘kalamzorlashtirish ishlarini jadallashtirish, daraxtlar muhofazasini yanada samarali tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PF-46-son Farmonga ko‘ra esa 2022-yil 1-yanvardan daraxtlar kesilishiga moratoriy muddatsiz davrga uzaytirildi. 

Raqamlarga to‘xtaladigan bo‘lsak, 2022-yilda qimmatbaho daraxtlarning noqonuniy kesilish holatlari 1669 tani tashkil qilib, 2021-yilga nisbatan 2513 taga yoki 61 foizga kamaygan. 2023-yilda esa qimmatbaho daraxtlarning noqonuniy kesilish holatlari 1097 taga yetib, 2022-yilga nisbatan 572 taga yoki 35 foizga qisqargan.

2024-yilga kelib qimmatbaho daraxtlarni noqonuniy kesish holatlari 1098 tani tashkil qilgan. Shuningdek, jamoatchilik nazorati va profilaktika tadbirlari doimiy olib borilishi natijasida o‘tgan yil davomida 142 ming 135 tup qimmatbaho daraxtlar, 492 ming 136 tup kam qimmatli daraxtlar, jami 634 ming 271 tup daraxtlar kesilishining oldi olinib, ularning yashovchanligi saqlab qolingan. Bu boradagi reyd tadbirlari davom ettirilmoqda.

Ekologiya vazirligi daraxtlarni noqonuniy kesish holatlarini keskin qoralaydi va bu boradagi har qanday huquqbuzarlik qonunga ko‘ra keskin javobgarlikka sabab bo‘lishini yana bir bor eslatib o'tdi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 30617 | Инструменты