Huawei 1
Rossiya AQSh yangi sanksiyalari tufayli neft-gaz daromadlarining 20 foizini yo‘qotdi

5 mart, chorshanba kuni The Moscow Times rus xizmatining Rossiya Moliya vazirligi ma’lumotlariga tayanib yozishicha, Rossiya budjeti Rossiyaning Ukrainaga qarshi urushi uchun joriy etilgan Amerika sanksiyalari kuchaytirilishi fonida neft va gaz daromadlarining deyarli 20 foizini yo‘qotdi. Nashr tushuntirishicha, bosim kuchayganligi sababli neft kompaniyalari o‘z mahsulotlariga chegirmalarni oshirishga majbur bo‘lmoqda va bu federal budjetning xomashyo bo‘yicha daromadlariga ta’sir qildi.

Fevral oyi natijalariga ko‘ra, g‘aznaga neft va gaz kompaniyalaridan 771,3 milliard rubl soliq tushdi — bu o‘tgan yilga nisbatan 18 foizga kam. Pul ko‘rinishida hukumat 2024 yil fevralida olingan summaga nisbatan 156 milliard rubl, joriy yilning yanvariga nisbatan esa 18 milliard rubl yo‘qotdi.

Neft narxining pasayishi

Rossiya nefti narxining pasayishi budjet uchun jiddiy muammoga aylanmoqda, unda neft va gaz daromadning har uchinchi rublini ta’minlaydi. Bloomberg ma’lumotlariga ko‘ra, Novorossiysk va Primorsk portlaridan jo‘natilgan Urals nefti fevral oyi oxirida bir barrel uchun taxminan 58 dollar turgan, budjet loyihasida esa 69,7 dollarga baholangan.

Neftning rubldagi narxi — dollarning Rossiya valutasiga kursini hisobga oladigan budjet uchun muhim ko‘rsatkich — fevral oyida budjet ko‘rsatkichidan 15 foizga past va 2023 yil iyul oyidan boshlab minimal bo‘ldi: 6726 rublga nisbatan bir barrel uchun 5740 rubl.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 30618 | Инструменты