Huawei 1
Tramp Isroilning Eron yadroviy inshootlariga zarba berishini yoqlab chiqdi

AQSh prezidenti Jo Bayden Isroilning Eron yadroviy inshootlariga zarba berishiga qarshi chiqsa-da, Oq uyning sobiq rahbari va Respublikachilar partiyasidan prezidentlikka nomzod Donald Tramp Isroilning bunday hujumini qo‘llab-quvvatladi

Baydenning Isroilning Eron raketa hujumlariga ehtimoliy javobi haqidagi bayonotini sharhlar ekan, Tramp 4-oktabr, juma kuni Shimoliy Karolina shtatining Fayettevil shahrida bo‘lib o‘tgan saylovoldi tashviqoti tadbirida shunday dedi: “Uning javobi shunday bo‘lishi kerak edi: avval yadroviy inshootlarga zarba bering, keyin qolganlari haqida qayg‘uring".

Tramp yadroviy qurol eng katta tahdid ekanligini va biz bunga tayyor bo‘lishimiz kerakligini ta’kidladi.

Shu hafta boshida jurnalistning Isroilning bunday harakatlarini qo'llab-quvvatlaysizmi, degan savoliga Bayden: "Javob yo'q. Biz isroilliklar bilan ular nima qilishlarini muhokama qilamiz", dedi. Uning so‘zlariga ko‘ra, G7ning barcha davlatlari Isroil Eron raketa hujumiga javob qaytarishga haqli, degan fikrda, “lekin javob mutanosib bo‘lishi kerak”. Bayden shuningdek, Isroilga Eron neft sanoati infratuzilmasiga hujum qilmaslikni tavsiya qildi. "Agar men ularning o'rnida bo'lsam, boshqa variantlar haqida o'ylagan bo'lardim", dedi u Oq uyda jurnalistlarga.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 100614 | Инструменты