Belarus rezidenti Aleksandr Lukashenko dunyo katta urush yoqasida ekani haqida ogohlantirdi. Bu haqda u gumanitar yo‘nalishdagi oliy o‘quv yurtlari talabalari bilan uchrashuvda ma’lum qildi.
“Xudo saqlasin, Uchinchi jahon urushi boshlanmadi, ammo biz bu dahshatli voqea arafasida turibmiz”, deydi Lukashenko.
Shu bilan birga, u bugungi kunda axborot urushi ham faol davom etayotganini ta’kidlab o‘tgan.
“Bundan tashqari uzoq vaqtdan beri, nafaqat qarama-qarshilik, balki haqiqiy axborot urushi bo‘lmoqda. Bu aniq”, degan u.
Lukashenkoning so‘zlariga ko‘ra, bugungi vaziyat hushyorlikni va Uchinchi jahon urushining halokatli oqibatlarini oldini olish uchun yangi muammolarga tayyor bo‘lishni talab qiladi. U hozirgi voqealarning ahamiyatini va global beqarorlikka olib kelishi mumkin bo‘lgan tahdidlarga qarshi turish zarurligini eslatdi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 112303 | Инструменты