Huawei 1
250 mingdan ortiq yoshlar "Xavfsiz hayot uchun birlashaylik!" shiori ostidagi tadbirlarda qatnashdi

Ichki ishlar vazirligiga biriktirilgan yoshlarni qo’llab-quvatlash, bo’sh vaqtini mazmunli o’tkazish maqsadida shu yilning may-iyun oylarida "Xavfsiz hayot uchun birlashaylik!" shiori ostida 8 ta nominatsiya bo’yicha turli musobaqalar, madaniy va sport tadbirlari, o’tkazildi. Kuni kecha ularda g’oliblikni qo’lga kiritgan jamoalar taqdirlandi. Shu munosabat bilan “Yoshlar kuni”ga bag’ishlangan konsert dasturi ham tashkil etildi.

Tadbirni kirish so’zi bilan ochib bergan Ichki ishlar vaziri oʻrinbosari Bekmurod Abdullayev o’tkazilgan musobaqalar haqida fikr bildirib, unda faol ishtirok etgan yoshlarni qutladi. Ta’kidlanishicha, ushbu tadbirlarda Respublika bo’yicha 250 000 dan ortiq yoshlar qatnashgan.

Tadbirning asosiy qismida g’oliblarga mukofot va estalik sovg’alari topshirildi.   Jumladan unda voleybol bo’yicha "Ichki ishlar vaziri kubogi" sport musobaqasi va "Zakovat" intellektual o'yini  hamda "Yoshlar jinoyati va huqugbuzarligidan holi mahalla", "Yoshlarga eng ko'p yordam ko'rsatgan tadbirkor", “Yo'l harakati bilimdoni”,”Eng namunali haydovchi” kabi jami 8ta nominatsiya bo’yicha g’olib bo’lgan yoshlar va jamoalar taqdirlandi.

Bugungi kunda yoshlar muammolarini bevosita hal etish uchun 1 million nafar yoshlar Ichki ishlar vazirligiga biriktirilgan. O’tkazilgan mazkur musobaqalar, madaniy va sport tadbirlari bu yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, muammolarini o’rganish va ularga yordam berishga xizmat qiladi. 


Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 92904 | Инструменты