“Oʻzgidromet” 28-dekabr,chorshanba kuni kuzatiladigan ob-havo maʼlumotini eʼlon qildi.
Unga ko'ra, Toshkent shahrida havo oʻzgarib turadi, kechasi va ertalab biroz yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) boʻladi, tuman tushadi. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-2° iliq, kunduzi 7-9° iliq boʻladi.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Xorazm viloyatida havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 5-10°sovuq, kunduzi 0-5° iliq boʻladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 2° sovuq-3° iliq, kunduzi 7-12° iliq boʻladi.
Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, kechasi va ertalab baʼzi joylarda biroz yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) boʻladi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi kechasi 2° sovuq-3° iliq, kunduzi 5-10° iliq boʻladi.
Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatida havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 2-7°iliq, kunduzi 10-15° iliq boʻladi.
Andijon, Namangan, Fargʻona viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 1-6°sovuq, kunduzi 0-5° iliq boʻladi.
Respublikaning togʻli hududlarida havo oʻzgarib turadi, baʼzi joylarda yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) boʻlishi mumkin. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 1-6°sovuq, kunduzi 2-7°iliq boʻladi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 31612 | Инструменты