15-mart kuni Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi, Toshkent shahar prokuraturasi, Toshkent shahar IIB, Milliy gvardiya va shahar Ekologiya boshqarmasi bilan hamkorlikda qo’shma nazorat tadbiri bo’lib o’tdi.
Tadbir Olmazor tumanida joylashgan qush bozorida tabiatdan noqonuniy ravishda tutilgan yovvoyi qushlar va hayvonlarning noqonuniy sotilishi holatlarini o‘rganish maqsadida qo‘shma nazorat tadbiri o‘tkazildi.
Unda 1168 dona qush (935 dona chumchuqsimonlar oilasiga, 33 dona maynasimonlar oilasiga, 200 dona to’rg’aysimonlar oilasiga va 3 dona qirg’iysimonlar oilasiga mansub), shuningdek, 35 dona cho’l toshbaqasi noqonuniy sotilayotganligi aniqlandi va daliliy oshyo sifatida olib qo’yildi.
Qushlar o’zlari uchun yashashga qulay muhitga qo’yib yuborildi. Shuningdek, cho’l toshbaqalari vaqtincha Toshkent hayvonot bog’iga, 3 dona qirg’iysimonlar oilasiga mansub qush esa vaqtincha Yovvoyi qushlarni himoya qilish jamiyatiga topshirildi.
Jonivorlar tibbiy nazorat va parvarishdan so’ng tabiatga qo’yib yuboriladi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 31615 | Инструменты