Huawei 1
Ish vaqtida yuz bergan baxtsiz hodisalar oqibatida halok bo‘lganlar xotirasiga bag‘ishlab 261 tup daraxt ko‘chati ekildi

Joriy yilning 28 aprel - 2 may kunlari O'zbekistonda “Mehnatni muhofaza qilish haftaligi” o‘tkazildi.

 Haftalik doirasida:

"Mehnat muhofazasining yangi bosqichi: ish joyida sunʼiy intellekt va raqamlashtirishning roli" mavzusida 2 ta xalqaro konferensiya;

160 ga yaqin korxona va tashkilotlarda mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha "ochiq eshiklar kuni";

"Ish joylarida xavflarni minimallashtirish uchun innovatsion texnologiyalarni joriy etish" mavzusida 150 dan ortiq seminarlar;

160 ga yaqin korxona va tashkilotlarda mehnatni muhofaza qilish vositalarining ko‘rgazmasi va 170 ga yaqin targ‘ibot tadbirlari tashkil etildi.

Ushbu tadbirlarda sohaga aloqador 30 dan ortiq xalqaro ekspertlar, mahalliy mutaxassislar, ilmiy muassasalar olimlari, vazirlik va idoralarning masʼullari, OAV vakillari hamda 83 588 nafar soha mutaxassislari, ish beruvchilar va xodimlar ishtirok etdi.

Ahamiyatlisi haftalik doirasida xalqaro konferensiya ishtirokchilari 2024-yilda ish vaqtida yuz bergan baxtsiz hodisalar oqibatida halok bo‘lganlar xotirasiga bag‘ishlab 261 tup daraxt ko‘chati ekishdi.

Maʼlumot uchun, 2024 yilda respublikamizda ishlab chiqarishda 868 ta baxtsiz hodisa sodir bo‘lib, buning oqibatida jami 976 nafar kishi jarohatlangan. Ulardan 261 nafari halok bo‘lgan.

Baxtsiz hodisalar tufayli xodimlar yoki ularning oila aʼzolariga 3,7 mlrd so‘mdan ortiq tovon pullarini undirish yuzasidan sudlarga daʼvo arizalar kiritildi va undirib berildi.

“Mehnatni muhofaza qilish haftaligi” doirasida keng jamoatchilik yuqoridagi kabi baxtsiz hodisalarning oldini olish, ularning mehnatni muhofaza qilishga doir huquqiy savodxonligini oshirish maqsadida telekanallarda 28 ta, radioda 8 ta, gazeta va jurnallarda 30 ga yaqin, internet nashrlarida 10 dan ortiq chiqishlar orqali xabardor qilib borildi.

Haftalik doirasida o‘tkazilgan tanlovlar natijasiga ko‘ra 107 nafar namunali ish beruvchilar va 226 nafar soha mutaxassislari qimmatbaho sovg‘alar va boshqa mukofotlar bilan taqdirlandi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 50508 | Инструменты