Prezident Shavkat Mirziyoyev ta’lim-tarbiya tizimida o‘rnak ko‘rsatgan xodimlarni mukofotladi
"O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan ta’lim-tarbiya tizimida alohida o‘rnak ko‘rsatgan xodimlardan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida"gi prezident farmoni qabul qilindi.
Sergelida murakkab vaziyatdan foydalanib, aholidan pul undirish niyatida bo‘lgan shaxslar aniqlandi
"Afsuski, murakkab vaziyatdan foydalanib, aholidan pul undirish niyatida bo‘lgan shaxslar mavjudligi aniqlandi. Ular hukumat tomonidan bepul amalga oshirilayotgan ishlar uchun yurtdoshlarimizdan pul so‘rab, ularning soddaligidan foydalanmoqda. Barcha ishlar siz uchun bepul ravishda bajarilmoqda, noinsof shaxslarning gaplariga ishonib, aldanib qolmang", - deyiladi poytaxt hokimligi xabarida.
Nodir Yunusov “Samo” MCHJ ta’sischilari ro‘yxatidan chiqib ketdi
Avvalroq, O'zbekistondagi maktab va bogʻchalarga “Antistrumin” preparatini yetkazib berish boʻyicha tenderda gʻolib chiqqan kompaniya asoschisi Nodir Yunusov oʻta xavfli jinoyatchi sifatida xalqaro qidiruvga berilgani ma'lum bo'lgan edi. Tadbirkor ushbu korxona ta'sischilari ro'yxatidan chiqib ketdi.
Toshkent shahrida 15 yoshli qiz noma'lum moddadan zaharlanib vafot etdi
Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinovning "Uzreport.news" manbasiga xabar berishicha, holat yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
O'zbekistonda muhim axborot infratuzilmasi obyektlarining kiberxavfsizligi tekshiriladi
Baholash kiberxavfsizlik va muhim axborot infratuzilmasi obyektlari rahbarlarining DXXga taqdim qilgan murojaatiga muvofiq o‘tkaziladi.
Pekindagi Imperator saroyi muzeyida O‘zbekistonning 18 ta noyob eksponati namoyish etildi
"Madaniy merosimizni dunyoning eng yirik muzeylaridan biri — bebaho tarixiy osori atiqalar saqlanadigan Gugun muzeyida namoyish etish uchun imkoniyat yaratgan va bunda ishtirok etgan, o‘z hissasini qo‘shgan barcha-barchaga samimiy minnatdorlik bildiraman", - deya ta'kidladi Saida Mirziyoyeva.
O'zbekistonda koʻp xotinlikni targʻib qilganlik uchun javobgarlik belgilanmoqda
Qonun bilan ikki yoki undan ortiq xotin bilan er-xotin bo‘lib yashashni targ‘ib qilganlik, xotin-qizlar va erkaklar teng huquqliligini ochiqdan-ochiq inkor etganlik uchun maʼmuriy javobgarlik belgilanmoqda. Senatorlar tomonidan ushbu qonun maʼqullandi.
Xanchjou-2022: O'zbekistonlik kurashchilar ilk kunda 3 ta oltin medalni qo‘lga kiritishdi
Osiyo o‘yinlarida kurash bahslari 1 va 2-oktyabr kunlari ham o‘tkaziladi.
Rasman “Biznesni rivojlantirish banki” tashkil qilindi
Markaziy bank boshqaruvining qaroriga asosan “Qishloq qurilish bank” aksiyadorlik tijorat banki negizida “Biznesni rivojlantirish banki” aksiyadorlik tijorat banki tashkil etilganligi munosabati bilan bank faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziya almashtirildi.
O‘zbekistonda o‘qituvchilarning 15 foizi "Open budget" loyihasi uchun ovoz to‘plashga jalb qilinganini bildirdi
“Yuksalish” umummilliy harakati tomonidan maktablarda yangi o‘quv yili boshlanishidan oldin o‘qituvchilarning majburiy mehnatga jalb qilinishi va ular tomonidan maktab ta’miri hamda boshqa xarajatlarni o‘z hisobidan amalga oshirishiga to‘g‘ri kelganligi holatlari anonim so‘rov asosida o‘rganildi.
Samarqandda 10 yoshli jiyaniga zo‘ravonlik qilgan erkak 16 yilga qamaldi
Avvalroq, 45 yoshli erkak 1,5 yil mobaynida 10 yoshli jiyaniga uyatsiz xatti-harakatlar qilishda ayblanib, hibsga olingan edi.
"O‘zbekistonda uzum narxi oshishiga yanvar oyida kuzatilgan sovuq sabab bo'lgan" — ekspert
Sentabr oyining birinchi haftasida qisqa tanaffusdan so‘ng, ushbu mahsulotlarning narxi yana o‘sishni boshladi. Oxirgi ikki hafta ichida "Kishmish" navli uzumining ulgurji narxi 17 foizga, oq uzum 38 foizga, qora uzum 22 foizga oshdi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 71010 | Инструменты