Huawei 1
8 oyda respublikada sodir bo‘lgan yong‘inlar soni, 2023 yilning shu davriga nisbatan 325 taga kamaygan

AOKAda Favqulodda vaziyatlar vazirligi mutasaddilari ishtirokida o‘tkazilgan matbuot anjumanida kuz-qish mavsumida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlarning oldini olish, yong‘in xavfsizligi profilaktikasi to‘g‘risida maʼlumot berildi.

Qayd etilishicha, Hududgaztaʼminot" AJ, uy-joy mulkdorlari shirkatlari hamda pech va dudburonlarga xizmat ko‘rsatishga ihtisoslashgan tashkilotlar mutaxassis (usta)laridan iborat 703 ta taʼmirlash-tiklash xizmat (otryad)lari ham tashkil etilgan.

Ishchi guruhlar tomonidan joylarda mavjud bo‘lgan 808 ta Xususiy uy joy mulkdorlar shirkatlaridan (XUJMSH) 717 tasida (88,7 foiz) va 9 ming 442 ta mahallalarning 6 ming 945 tasi (73,6 foiz)da o‘rganishlar o‘tkazilib, ularning hududidagi 41 ming 677 ta ko‘p kvartirali uylardan 17 ming 753 tasi (42,6 foiz) tekshirib chiqildi.

Joylardagi tunda odamlar qoladigan maskanlarga alohida eʼtibor qaratilib, "Mehribonlik uylari" va "Muruvvat va sahovat uylari"da favqulodda vaziyatlar bo‘limlari xodimlarining tungi navbatchiligi yo‘lga qo‘yildi va har bir davolash statsionarlarida tungi tekshiruvlar o‘tkazilishi joriy qilindi.

Yong‘in xavfsizligi qoidalari talablarini targ‘ib qilish va fuqarolarning bilim ko‘nikmalarini oshirish maqsadida, 26 ming 64 marotaba 505 ming 210 nafar fuqarolar bilan uchrashuv va yig‘ilishlar o‘tkazildi.

Profilaktik tadbirlar jarayonida, tabiiy gaz va qattiq yoqilg‘ida ishlatiladigan pechlar dudburonlaridagi aniqlangan 82 ming 29 ta nosozliklardan 77 ming 971 tasi (95,1 foiz) joyida bartaraf etildi.

Bugungi kunga qadar yong‘in-qutqaruv qismlarining shaxsiy tarkibi tomonidan mahalla faollari bilan birgalikda uyma-uy yurish davrida 1 mln 597 ming 695 ta xonadonlarda istiqomat qiluvchi fuqarolar bilan tushuntirish ishlari o‘tkazildi, yaʼni, 463 ming 501 ta ko‘p kvartirali uylardagi xonadonlarda va 128 ming 146 ta yakka tartibdagi aholi turar joylaridagi fuqarolarga yong‘inga qarshi yo‘l-yo‘riq berildi.

Aholi turar joylarda va ijtimoiy soha obyektlarida yong‘in xavfsizligini taʼminlash borasidagi kamchilik va muammolar bo‘yicha viloyat, shahar va tuman hokimliklariga 448 marotaba, yuqori tashkilotlarga 400 marotaba, 537 marotaba hududiy gaz taʼminoti, 390 marotaba elektr taʼminoti idoralariga va 162 marotaba huquqni muhofaza qiluvchi idoralariga hamda boshqa taalluqli idoralarga 193 marotaba axborotnoma, maʼlumotnoma va taqdimnomalar kiritildi.

Amalga oshirilgan ishlar hamda profilaktik tadbirlar natijasida 2024 yilning 8 oyi davomida respublikada sodir bo‘lgan yong‘inlar soni, 2023 yilning shu davriga nisbatan 325 ta (4,7 foiz)ga kamaygan.

Yong‘inlar sabablari tahlil qilinganda, ularning 41,4 foizi elektr uskunalaridan foydalanish qoidalarining buzilishi, 25,9 foizi ochiq olovdan ehtiyotsizlik bilan foydalanish, 10,3 foizi isitish pechlarini qurish va ishlatish qoidalarining buzilishi, 7,9 foizi bolalar sho‘xligi oqibatida yuzaga kelganligini ko‘rsatadi.

Aynan qish mavsumida o‘rtacha har 10 ta sodir bo‘lgan yong‘inning bittasi isitish moslamalaridan noto‘g‘ri foydalanish yoki nosoz va nostandart isitish moslamalarining ishlatilishidan kelib chiqqan bo‘lib, ayanchli oqibatlarga olib kelgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 91721 | Инструменты