Ijtimoiy tarmoqlarda bir ota 8-sinf farzandining adabiyot kitobini varaqlab, 8 marta Asqad Muxtor mavzusi keltirilganini aytib, tasvirga olgan videosi tarqaldi.
Xalq ta'lim vazirligining voqeaga bildirgan rasmiy munosabatida, ushbu “Adabiyot” fani darsligi maketi 2010-yilda Gʻafur Gʻulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi tomonidan yaratilganligi qayd etildi. Mazkur darslik so‘nggi marotaba ushbu nashriyot tomonidan 2019-yilda chop etilgan 4-nashr hisoblanadi.
Yuzaga kelgan vaziyatni o‘rganish maqsadida vazirlik tomonidan 14-sentyabr kuni Surxondaryo, Xorazm, Navoiy, Andijon, Toshkent, Qashqadaryo viloyatlari maktablarida, aynan 8-sinf “Adabiyot” fani darsligi ko‘zdan kechirilgan.
O‘rganish jarayonida darsliklarda hozirgi kunda bunday holatlar mavjud emasligi aniqlangan.
"Shu o‘rinda, ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videolavha muallifi farzandiga darslik qaysi maktabda berilganini aniqlash imkoniyati bo‘lmadi, videoda hech qanday ma’lumot berilmagan", deyiladi xabarda.
Video muallifidan mazkur darslik haqiqatdan ham maktab kutubxonasidan berilgan bo‘lsa uni vazirlikka @bookedu_bot telegram boti orqali murojaat qilgan holda maktab kutubxonasiga qaytarib, o‘rniga sifatli darslikni olishi so'raladi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 122119 | Инструменты
Bu kitob hammajoyiga chizib tashlangan. Bu qachong8 kitob olingandan chizb tashlanganmi